CodeClass usuli

Hozirgi kunda malakali dasturchilarga bo’lgan talab har qachongidan ham yuqori. Natijada, kompaniyalar o’rtasida ma’lum bilimlarga ega puxta bilimli mutaxasislarni jalb qilishda raqobat kuchaymoqda. Shu bilan birga axborot texnologiyalar sohasi juda faol va bu muhitda moslashish yangi o’rganuvchilar uchun ustozsiz judayam qiyin. CodeClass da siz nafaqat zarur bilim, sayt va ilovalarni yaratish ko’nikmalarini o’rganasiz, balki ustoz va guruhdosh do’stlaringizdan kerakli yordam ham olasiz. Bizning noyob ta’lim dasturimiz tengi yo’q dasturlash bilimlarini o’rgatish, real sayt va ilovalar yozishni amalada qo’llash, shuningdek jamoada ishlash qobilatlarini o’zida jamlaydi.

Sifatli ta'lim

Bizning ta’lim dasturimiz ko’p yillik tajribaga ega mutaxasislar jamoasidan va ham nazariy, ham amaliy topshiriqlardan tashkil topgan. Ta’lim dasturimizda foydalaniladigan texnologiyalar va tillar dolzarbliligi va hozirgi zamon talablariga asosan ehtiyotkorlik bilan tanlangan.

Jamoada ishlash

Amaliy mashg’ulotlar ustida ishlayotganda, siz ustoz yoki boshqa o’quvchilar yordamiga tayanishingiz mumkin. Loyihalar ustida ishlayotganda mashg’ulotni samarali va qiziqarli qilish uchun o’quvchilar juft-juft bo’lib ishlashadi. Shuningdek istalgan o’quvchimiz boshqa guruhdoshlari yozgan kodlarni GitHub xizmati orqali tekshirishi mumkin.

Yangi imkoniyatlar

Bizning mukammal ta’lim dasturimiz sizni yangi ishga to’la ravishda tayyorlashga mo’ljallangan. Boshlang’ich bilim va malakaga qo’shimcha ravishda har bir yo’nalish bo’yicha ta’lim dasturimiz oxirigacha sizda ish beruvchiga ko’rsatish uchun o’z portfoliongiz bo’ladi.

Vaqtingizni yo'qotmang!

BOSHLASH

Bugundan o'rganishni boshlang!