Ish dunyosida keskin o’zgarish yuz berdi, endilikda ish topish osonroq bo’ldi. Agar o’zingiz uchun qulay vaqtda ishlashni va daromadingizni boshqarishni orzu qilsangiz, unda o’zingizni frilanser sifatida sinab korish kerak.

Keling, frilanser kim ekanligini aniqlab olamiz?

Frilanser, loyihalarni mustaqil ravishda izlab, mijozlar bilan muzokara olib boradigan va amalga oshirilgan ishi uchun haq oladigan shaxsdir. Frilansni o’z biznesingizga birinchi qadam sifatida korishingiz mumkin.

Biroq, ofis ishi kabi frilans ham tartibli bolishni talab qiladi. Siz doimiy ravishda idorada emasligingizni ozingizga eslatib turishingiz va qabul qilingan buyurtmalarni muddatidan kechiktirmay topshirishingiz kerak.

Nimadan boshlash kerak?

1. Profil yarating.

Avvalo, xaridorlarni jalb qilish uchun siz o’z malakangiz va tajribangiz haqida aytib berishingiz mumkin bo’lgan profilni yaratishingiz kerak. Taqdim etilgan sertifikatlarni va murabbiylarning yoki ish beruvchilarning tavsiyanomalarini profilingizga ilova qilib qoying.

2. «O’zim haqimda» bo’limida siz nima sababdan bu ish uchun to’g’ri kelishingizni yozing.

Ozingiz bajargan loyihalar, jamoada ishlab yoki maxsus kurslarda oqib olgan bilim va konikmalaringiz haqida batafsil ma’lumot bering. O’z qobiliyatingizni to’g’ri taridlang, va shunda sizning oldingizda yangi imkoniyatlar ochiladi.

3. Birinchi loyihangizni qabul qilishga tayyor bo’ling.

Kichikroq bir loyihani amalga oshirishga harakat qiling va ishni belgilangan vaqt oralig’ida bajaring. Shunday qilib, ish beruvchingizdan yaxshi xulosalar olishingiz mumkin, bu esa kelajakdagi faoliyatingizga yaxshi ta’sir o’tkazadi. Boshida oʻzinga juda koʻp loyihalar olmang. Mayda, ammo ishonchli qadamlar bilan olgʻa boring!

4. Oldingizga maqsad qoʻying.

Avvalo, nimaga erishmoqchi ekaningizni aniqlang, so’ngra aniq harakat rejasini tuzing. Vazifalarni bajarish uchun javobgarlikni oʻz boʻyningizga olishdan qo’rqmang va har kuni maqsadlaringiz sari harakat qiling.

5.O’z sohangizda professional bo’ling.

Bir yoki ikkita dasturlash tilini mukammal bilsangiz ham, bir joyda toʻxtab qolmang, oʻz ustingizda ishlang. Yangi bilimlar va ko’nikmalarga ega bo’lishingiz uchun juda ko’p bepul online kurslar mavjud.

5 ta oddiy tavsiyaga rioya qilib, muvaffaqiyatli frilanserlar dunyosiga osongina tushib, ajoyib takliflarni qabul qilishingiz mumkin!