Bugungi kunda Google veb-sahifalarning yuklanish tezligi qidiruv so’rovlaridagi sahifalar reytingida baxolashga bo’lishini e’lon qildi. Boshqa so’zlar bilan aytganda – saytingiz qanchalik tez yuklasa, ma’lum kalit so’zlar qidiruv natijalarida yuqori o’rin egallash ehtimoli ko’payadi.
Soʻngi yillar mobaynida Google veb-saytlarning ishlashiga ko’proq e’tibor qaratdi va kompyuterlar va noutbuklardagi qidiruv natijalari uchun sahifalarni yuklash tezligini hisobga olib bordi. 2018-yil iyul oyidan boshlab, Google mobil qurilmalarda ham sahifalarni yuklash tezligini hisobga olishni va’da qiladi.
Kompaniya ushbu yangilanishni «Speed Update» deb atadi va u asosan juda sekin yuklanadigan saytlarga ta’sir qiladi, bu odatda Google tomonidan indekslangan saytlarning uncha katta boʻlmagan qismini tashkil qiladi.
«Yaxshilik korporatsiyasi» dasturchilardan veb-saytlarni ishlab chiqishda sahifa ishlashini hisobga olishni va, shuningdek, user experience deb nomlangan turli metrikalarni qo’llash orqali kengroq ma’noda sayt ishlashiga qarashni so’raydi. Saytning unumdorligi qidiruv natijalariga qanchalik ta’sir ko’rsatishini aniq aytib bera oladigan asbob boʻlmasa-da, Google veb-sahifalarning ishlashini baholash uchun bir nechta manbalarni tavsiya qildi: