Bu sohani endi boshlaganlar uchun dasturlash tilini tanlash juda qiyin . Turli xil dasturlash tilllari – C++, PHP, Java, Python, Ruby, JavaScript va hakozalar haqida yetarlicha eshitgan bo’lishingiz mumkin , lekin bu xilma-xillik sizga qaror qabul qilishga yordam bermaydi.

язык программирования

To’g’risini aytganda, bu tillarning ko’pchiligi bir xil vazifani bajaradi . Ammo, aynan bir vazifani bajarish uchun turli xil yo’llar mavjud . Albatta, o’ziga xos farqlar bor ammo, siz endigina boshlayotganingizda ularni bilishingizga xojat yo’q . Xo’sh, qaysi dasturlash tilini tanlash kerak ?  Agar sizning maqsadingiz biror g’oyani amalga oshirish  bo’lsa siz PHP va shu tilda yozilgan Laravel frameworkni o’rganishdan boshlaganingiz maqul . Bunga bir necha sabablar mavjud:

  1. Laravel frameworki maqsadi veb-ilovalarni ( ayniqsa veb-saytlarni) qisqa vaqt ichida yaratish jarayonini saddalashtirish.
  2. Bundan tashqari boshqa frameworklar ham bor, lekin Laravel endi boshlaganlar uchun framework o’zi va u asoslangan PHP tili haqida internetda juda ko’p ma’lumotlar borligi uchun eng osoni va qulayidir.
  3. Biz o’zimiz Laravel orzuyingizdagi ilovani yaratishda kerakli bo’lmagan PHP bilimlarini e’tiborsiz qoldirishingizga imkon berishiga ishonamiz . Laravelda qanday qilib 10 daqiqa ichida veb-ilova yaratish haqida ajoyib maqola ham bor.

Albatta, ko’pchilik dasturchilar dasturlashni o’rganishning eng to’g’ri yo’li asosiy tushunchalarni o’rganish va keyingi mashg’ulotlarda ularni ammalda sinash kerakligi borasida bahslashishadi. Ular C++  yoki Java kabi tillardan boshlashni va bir nechta mavhum tillar bilan davom ettirishni maslahat berishadi. Bu ham to’g’ri deb aytsak bo’ladi, chunki maktabdanoq  shunga o’rganganmiz. Bundan tashqari ko’p tajribali dasturchilar bunday hollatlarda o’z yollaridan ketishadi, ammo biz muqobil yo’llari borligiga ishonamiz.

Ko’pchilik shunchaki oxirida oddiy matnga asoslangan sodda o’yinni yarata olishi uchun “if … then” ni oylab o’qishni xohlamaydi. Uning ustiga ko’pchiligimiz kichik natijalarni  tezda ko’raboshlamasak yangi bilimni o’rganishni o’rtasida to’xtatib qo’yamiz. Laravel bilan esa siz kutgan natijangizga bir pasta erisha olasiz.

O’z ishtiyoqingizni saqlab qolish uchun loyiha bo’yicha kerakli natija va mutaxasis fikri judayam muhimdir. Shunday qilib biz sizga kerakli natijani tezda olish uchun asosiy bilimlarni o’rganish keyin bilimingizdagi kamchiliklarni to’ldirishni  maslahat beramiz.

Keyingi maqolalarimizda biz sizga bir oy ichida o’quvchilarimidan biri qanday qilib 1 oy ichida Laravelni o’rganganligi va yangi ko’nikmani bunaqa uslub bilan o’rganish bilan birga xisobga olinishi kerak bo’lgan barcha ko’rsatmalar haqida aytib o’tamiz.