Axborot texnologiyalari sohasi kun sayin jadal rivojlanmoqda. Dunyoni boshqaradigan eng yirik neft, mashina sanoati yoki farmatsevtik kompaniyalar kuni oʻtdi. Ularning o’rniga Google, Amazon va Apple singari texnologiya gigantlari kelishdi. Kapitallashuv ayrim yirik davlatlarning fond bozorlaridan oshib ketgan. Shu bilan birga, ushbu sohadagi mutaxassislarga xalqaro talablar o’zgarib bormoqda. Bugungi kunda, har qachongidan ko’ra, dasturchilar dunyodagi eng ko’p talab etilgan mutaxassislardir. Quyida biz hozirda va aynan O’zbekistonda dasturlashni o’rganishning 5ta sababni aytib oʻtamiz.

1. Tadbirkorlik.

Ko’pgina boshqa mamlakatlar bilan taqqoslaganda, O’zbekiston axborot texnologiyalari bozori hali tugʻilmagan. Bozorimizda xorijiy ishbilarmonlarni millioner qilgan bir talay AT mahsulotlari hali yoʻq. Investitsiyalar va ishbilarmonlik muhitidagi so’nggi o’zgarishlarni hisobga olsak, endi O’zbekiston bozoriga yo’naltirilgan texnologik mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarishni boshlash vaqti keldi. Shunda dasturlash ko’nikmalari har qanday xizmat yoki mahsulotni ishlab chiqishda sizning asosiy yo’riqnomangiz bo’ladi.

2. Talab.

Avtomatlashtirilgan yechimlarni joriy etish barcha sohalarda amalga oshiriladi. Farmatsevtika firmalari CRM tizimlari va tovar inventarizatsiya tizimlaridan foydalanadi, aviakompaniyalar tobora online chipta savdosiga tayanmoqda, davlat tashkilotlari jarayonlarni avtomatlashtirish tizimlarini kiritishmoqda. Shunday paytda, bularning barchasini ta’minlash uchun ishlarning asosiy qismini qabul qiladigan dasturchilarga ehtiyoj katta. Dasturchi sifatida siz qaysi mamlakatda bo’lmasin, hech qachon ishsiz qolmaysiz.

3. Yuqori ish haqi.

Talabning ortishi va mutaxassislarning yetishmasligi malakali ishchilar uchun yuqori darajadagi ish haqini hosil qiladi. Tajribali mutaxassislar uchun o’zaro raqobatbardosh xususiy korxonalar va davlat tashkilotlari o’zlariga mutaxassislarni jalb qilish uchun yuqori ish haqi taklif qilishga tayyor. O’zbekistonda tajribali dasturchining oʻrtacha ish haqi oyiga 500 dan 1500 dollargachadir. Shu bilan birga, ingliz tilini yaxshi bilsangiz, siz G’arb korxonalari bilan bevosita ishlashingiz va bir necha barobar ko’proq pul topishingiz mumkin.

4. O’zbekistondagi sharoitlar.

2017-yilda O’zbekistonda Mirzo Ulug’bek nomidagi innovatsion markaz ochildi. Ushbu markaz mamlakatimizda axborot texnologiyalarini rivojlantirish uchun qator shart-sharoitlar yaratmoqda. Xususan, tashqi manbalar bo’yicha shart-sharoitlar yaratilgan bo’lib, bizning mutaxassislarimiz G’arbning korxonalari bilan O’zbekistondan chiqmay to’g’ridan-to’g’ri ishlashlari mumkin. Bundan tashqari, dasturchilar o’z ish haqlarini xorijiy valyutada rasmiy ravishda olishlari mumkin. Ushbu markaz orqali bizning AT-dasturchilarimiz va tadbirkorlarimiz katta imtiyozlarga ega bo’lib, mamlakatda axborot texnologiyalari rivojlanishining asosiy sababchilari boʻladilar.

5. Freelancing.

Frilanserlar turli korxonalar bilan shartnoma asosida ishlaydigan, o’zlari uchun qulay vaqt tanlaydigan mutahassislardir, aksariyat hollarda o’z xizmatlarini masofadan turib bajaradilar. O’zbekistonda moliya sohasida katta o’zgarishlar ro’y berayotganini hisobga oladigan bo’lsak, yaqin orada biz global to’lov tizimlari bilan yaqindan bog’liq bo’lamiz. Bu omil juda muhimdir, chunki u PayPal yoki Venmo kabi tizimlar orqali xalqaro moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga imkon beradi. Aynan shu tizimlar orqali dunyo boʻylab frilanser dasturchilar o’z xizmatlari uchun haq oladilar.

Imkoningizni boy bermang – hozirdanoq dasturlashni o’rganishni boshlang!

Internetda ko’plab o’quv dasturlari mavjud bo’lib, ular sizga mutaxassis bo’lishga yordam beradi. Albatta, bunday boy ma’lumotlar ummonida adashib qolish oson. Ko’pchilik ma’lum bir yo’nalishni tanlab olishda yoki hech bo’lmasa qayerdan boshlashni bilmay qiyinalib qolishadi. Agar bunday qiyinchiliklarga duch kelgan boʻlsangiz, Toshkentdagi CodeClass dasturlash maktabimizga tashrif buyuring. Mahalliy va xalqarо kompaniyalar bilan ishlashingizga yordam beradigan eng dolzarb va mashhur texnologiyalarni o’rgatamiz. Bundan tashqari, bizning kurslarimiz bugungi kunda nima talab qilayotganini va uni tezda qanday o’rganishni biladigan tajribali dasturchilar tomonidan olib boriladi. Kursni tanlang va biz bilan dasturlashni boshlang!