Dasturlash – shu sohadagi mutaxasislarga ish o’rinlari ortib borishiga ulkan imkoniyat beruvchi juda keng sanoatdir. Ko’pchilik kompaniyalar va davlat tashkilotlari ish faoliyatlarida zamonaviy texnologiyalardan faydalanmoqda, shuning uchun AT mutaxasislariga talab oshmoqda. Bu talab veb-texnologiyalar orqali tarqalmoqda, natijada, veb-dasturchilik eng kerakli mutaxasisliklardan biri bo’lib chiqmoqda.

Hammasi qanday boshlangan

Birinchi marta HTML atamasi 1991-yilda shu til uchun asos sifatida xizmat qilgan 18 ta teglar jamlanmasida qo’llangan . 1994-yilda Internet Enginearing Task Force (IELT) – HTML ni rivojlantirish uchun jamoa tuzildi . Ularning ahilligi tufayli, HTML va CSS rivojlana boshladi, ammo hozirgi kundagidek mashhur emas edi .  1990-yillar oxiri va 2000-yillar boshida ko’pchilik vebning haqiqiy imkoniyatini payqaganda va Amazon, Google va eBay kabi kompaniyalar paydo bo’la boshlaganda hammasi o’zgara boshladi . Ikkiminginchi yillar boshida dot-com bankirot bo`lishiga qaramasdan veb texnologiyalar jadal rivojlanishda davom etdi. Natijada, 2005-2007-yillargacha veb texnologiyalarga e’tiborini qaratgan AT kompaniyalar ko’pchilik neft gigant kompaniyalaridan o’zib ketgan AQSH ning yetakchi kompaniyalariga aylanishdi.

Bugun hammasi qanday

Hozirgi kunda veb-texnologiyalari har biri sanoatga virtual ravishda ta’sir o’tkazmoqda. Deyarli barcha kompaniyalar va davlat tashkilotlari o’z veb-saytiga ega. Bundan, tashqari veb-texnologiyalari faqat oddiy bizness kompaniyalari sayti sifatida xizmat qilishni to’xtatganiga ancha bo’ldi. Bugun ular murakkab CRM, ERP sistemalarini, shuningdek elektron do’kon va mobil ilovalarni yaratishda ham qo’llaniladi. Keyinchalik yangi dasturlash tillarini o’rganish juda qiyin bo’lmaganligi tufayli dasturlash va ma’lumotlar bazasini yaratishdagi asosiy tushunchalarni egallagan veb-dasturchikeyinroq mobil yoki Mac/PC ilovalar yaratishga o’ta oladi.

Bugungi kunda internetda  millionlab dasturchilar tomonidan yaratilgan 5 milliarddan ortiq veb-sayt mavjud. Kompaniyalar talablari ortgani sari malakali mutaxasislarga ham talab oshmoqda. Natijada, dunyoda veb-dasturchilar yetishmasligi yuz bermoqda, bu esa  veb texnologiyalarni o’qish, ko’p maosh beradigan va mutaxasislar ortidan chopadigan vaqt kelganini anglatadi.

Endi nima qila olishim mumkin

Dasturlashni o’rganing! Albatta, dasturlashni noldan o’rganish oson emas. Bu faqat bir haftada qilib bo’lmaydigan juda qiyin jarayon. Biroq, bizning ko’p yillik tajriba va veb-texnologiyalar borasida chuqur bilimga ega o’qituvchilarimiz bu murakkab bilimlarni sizga o’rgatishga tayyor . O’zingizga qiziqarli bo’lgan kursni tanlang, ro’yxatdan o’ting va dasturlashni boshlang.