HTML & CSS kursi veb-dasturlashni oʻrganishga qaror qilganlar ishlab chiqilgan boshlangʻich kursi. HTML, deyarli har qanday veb-sahifaning ajralmas komponenti va asosidir. Bu hujjatlarni formatlash tili. U butun dunyoda qo’llaniladi. HTMLni asosiy va keng tarqalgan qoʻllanilish usuli bu – Internet. Har bir sayt foydalanuvchiga ma’lumotlarini grafika koʻrinishida taqdim etish uchun HTMLdan foydalanadi. Lekin HTML Internet bilan chegaralanib qolmaydi, u turli operatsion tizimlar uchun mobil va desktop dasturlarini ishlab chiqishda juda keng qoʻllaniladi. Ushbu kursni o’tib chiqqaningizdan soʻng, siz toza HTML formatida o’z veb-saytingizni yaratib, uni Internetga joylashtira oladigan boʻlasiz.
Bizning «Veb-dasturlash» kursimizni tugatgach, siz ko’p funksional imkoniyatlarga ega, moslashuvchan veb-sayt va ilovalar yaratishni o’rganasiz. Ushbu kurs sizga havaskor veb-dasturchidan professional faoliyatingizni boshlashingiz mumkin bo’lgan minmal bilimlarga ega yosh veb-dasturchiga aylanishingizga yordam beradi.