Kurs haqida

Javascript ob’ektga asoslangan (OOP) va mashhur dasturlash tili bo’lib, eng taniqli veb-ishlab chiqarish vositalaridan biridir. Uning yordami bilan barcha mavjud operatsion tizimlar va platformalar uchun chiroyli va funksional veb-sayt, mobil ilovalarni yaratishingiz mumkin. Bu til turli xil ajoyib xususiyatlarga ega va Internet Explorer, Opera, Google Chrome, Firefox va boshqa barcha brauzerlarga toʻgʻri keladi. Javascript Google, Amazon, Apple va boshqa yirik kompaniyalar tomonidan qo’llaniladigan trend texnologiyasidir. Progressiv freymvork Vue.js esa doirasi kichik havaskor loyihadan keng foydalaniladigan dasturchilar vositasiga aylandi. Hech qachon JavaScript freymvorklari bilan ishlamagan bo’lsangiz ham, u bilan ish boshlash juda oson boʻladi. Hozirgi kunda Alibaba, Xiaomi, PageKit va GitLab Vue.js bilan ish yuritadilar. Ushbu kurs yaratish jarayonida innovatsion yondashuv koʻrsatadigan koderlar uchun moʻljallangan.

  • 2 oy

  • Haftada ikki marta 2 soatdan

  • 1 000 000 so'm butun kurs uchun

  • Nimalarni o'rganasiz

    Yangi kasb egasi bo’lasiz. Ushbu tilda o’z dasturlaringizni yarata olasiz. Javascript uchun kutubxonalar va freymvorklarni (jquery) oʻzlashtirgan boʻlasiz. Javascriptning imkoniyatlari koʻp va ish ko’lami juda keng, hammasi faqat sizning tasavvur va ijodingizga bog’liq.

    Kurs dasturi

    JavaScript I

    Asosiy

    JavaScript asoslari.

    1 oy
    1. JS asoslari, brauzerli va serverli JSlarning farqi, dasturlashga kirish.
    2. Oʻzgaruvchilar, maʼlumotlar turlari, maʼlumotlar ustidan operatsiyalar, conditional & Bul algebrasi boʻyicha hisoblash.
    3. JavaScript, obyektlarga kirish.
    4. DOMga kirish, DOM-daraxti boʻyicha yoʻnalishlar, elementlar ustida ishlash.
    5. DOM voqealar, sahifani faollashtirish.
    6. Amaliyot. JS-funksionalini avvaldan tuzilgan doʻkonga qoʻshish (tovarlar savati).
    7. Maʼlumotlar tuzilishi va davrlar. Amaliyot – doʻkondagi tovarlar roʻyxatini sotish.
    8. ES6 tilning yangi standarti. Yangilik kiritilgan narsalarni koʻrib chiqish. Amalda qoʻllash.
    9. AJAX bilan nosinxron chaqiruvlar (XMLHttpRequest, fetch).
    10. Amaliyot. AJAX-soʻrovlarni qoʻllagan holda doʻkondagi tovarlar filtrini yaratish.
    11. Amaliyot. GiphyProject – giflarni qidirishning interaktiv xizmati. Amaliyot. GiphyProject – chetdagi API-servis bilan aloqa.

    JavaScript II

    Asosiy

    JavaScript – kengaytirilgan kurs.

    1 oy
    1. OYDga kirish – buyruq berish usullari, konstruktorlar, qoʻllash.
    2. ОYDda meros, prototipli meros.
    3. Design Patterns JSda, modullarga boʻlish.
    4. jQuery – asosiy atamalar.
    5. jQuery – DOM va voqealar bilan ishlash. AJAX jQueryda, bekend bilan aloqa.
    6. jQuery plaginlari, eng foydalilarini koʻrib chiqish.
    7. Vue – kirish, MVC haqida dastlabki maʼlumot.
    8. Vue – loyiha skaffoldingi, tuzilish, yigʻish.
    9. Vue – komponentlar, direktivalar, xizmatlar.
    10. Vue – Amaliyot. Filmlar kutubxonasi. Dastlabki dizaynlash.
    11. Vue – Amaliyot. Filmlar kutubxonasi. Yakuniy qism.

    Sizdan nima talab qilinadi

    1. Shaxsiy noutbuk
    2. Koinotni zabt etish programmist bo`lish istagi

    Sharhlar